
Karlo Anchelotti Filipp Lam futbolchilik faoliyatini davom ettirishiga umid qilmoqda
“Bavariya” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub himoyachisi Filipp Lam futbolchilik faoliyatini davom ettirshiga umid qilmoqda.
“Lam ayni damda “Bavariya”ning kerakli futbolchisi. U yaxshi jisnomiy holatda va bir necha yil davomida shunday bo‘lishiga umid qilaman. Filipp futbolchi, murabbiy va sport direktori bo‘lishi mumkin, lekin kelasi yili u futbolchi bo‘lib qoladi”, – dedi italiyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Filipp Lamning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.
Avvalroq Filipp Lam “Bavariya” sport direktori bo‘lib tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Fikrlar