Karlo Anchelotti: "Napoli" joriy transferlar davrida ko‘p pul sarfladi va yaxshi futbolchilarni sotib oldi

  • 24 avgust, 2019, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Napoli" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSVdan kelib qo‘shilgan meksikalik vinger Irving Losano borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Losano va u kabi yangi kelgan futbolchilar hisobiga “Napoli”da raqobat oshdi. O‘tgan yil bilan solishtirganda biz yanada kuchaydik va o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yanada ortdi.

Joriy transferlar davrida klub ko‘p pul sarfladi va yaxshi xaridlarni amalga oshirdi.

Biz Losanoni ko‘pdan buyon kuzatib kelayotgan edik. Klubning faol harakatlari evaziga u hozir biz bilan. Bu oddiy transfer bo‘lmadi”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” Losanoni 38 mln evro evaziga PSV dan sotib oldi. Neapolliklar bugun A Seriyaning ilk turida safarda “Fiorentina” mehmoni bo‘lishadi. Uchrashuv soat 23:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!