
Karlo Anchelotti: "Real" uchun EChL yarim finaliga chiqish omadli ishtirok hisoblanmaydi, biz chempion bo‘lishni istaymiz"
Bugun Evropa Chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ertaga faqat final uchun kurashamiz. Ferlan Mendi bilan hammasi joyida, u maydonga tushadi. Biroq Alaba va Kazemiro haqida bunday deya olmayman. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Sxema? Ertaga biz 4-3-3 yoki 4-4-2dan birini tanlaymiz.
Ochiq o‘yin bo‘ladi, raqibimiz ham juda kuchli. Chempionlikkacha 3 ta o‘yin qolganidan xursandmiz. Shogirdlari professionallar, ular doim raqibga qarshi qanday futbol ko‘rsatish kerakligini bilishadi. Ertangi bahsga tayyormiz. Futbolchilar mening ishimni ancha osonlashtirmoqda.
"Real" uchun EChL yarim finaliga chiqish omadli ishtirok hisoblanmaydi, biz chempion bo‘lishni istaymiz. Manchesterga finalga chiqish uchun keldik, "qirollik klubi" hech qachon bu bilan kifoyalanmaydi".
Fikrlar