Karolin Garsiya o‘z maqsadi sari olg‘a bormoqda

  • 14 fevral, 2018, 15:14
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Qatarda ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirda frantsiyalik Karolin Garsiya va slovakiyaliky Dominika Tsibulkova o‘zaro raqobatlashdi.

Tecno

Mazkur uchrashuvning birinchi setini 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Garsiya ikkinchi setda tay-brekda yutqazdi. Hal qiluvchi so‘nggi uchinchi setda Dominikaning o‘yini qovushmadi va birorta ham geymni yutib ololmadi.

Shu tariqa “Qatar Total Open – 2018” turnirining uchinchi davrasida Garsiya rossiyalik  Anna Blinkova hamda frantsiyalik Kristina Mladenovich uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!