Karrager: "Liverpul’da Ten Hag stsenariysi takrorlanishidan qo‘rqayapman"
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoa bosh murabbiyi Arne Slot bilan bogʻliq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Ayni paytda mersisaydliklar APL jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
"Meni “Liverpul” va Arne Slot bilan bogʻliq vaziyat xavotirga solmoqda. Erik ten Hag bilan boʻlgan voqea takrorlanib qolmaydimi? U ajoyib birinchi mavsum oʻtkazdi, keyin esa juda yomon ikkinchi mavsumni boshdan kechirdi va birinchi yilgi natijalari sabab ishida qoldirildi.
Keyin esa oktyabr yoki noyabrga kelib hammasi izdan chiqdi va murabbiyni almashtirishga toʻgʻri keldi.
Bu — “Liverpul” muxlislarining xavotiri. Lekin eshityotgan gaplarimizga qaraganda, Arne Slotga keyingi mavsumda yana bir imkoniyat beriladi.
Shu bilan birga, koʻplab “Liverpul” muxlislari Xabi Alonso klubga kelishga tayyor deb hisoblaydi. Agar unga ehtiyoj boʻlganda, u jamoaga oʻtardi.
Biroq klub Slot boʻyicha qaror qabul qilgandek koʻrinmoqda. Xabi Alonsoning “Chelsi” bilan muzokara olib borayotgani ham koʻp narsani anglatadi. Chunki agar u “Liverpul”da murabbiy almashishi mumkinligini his qilganida, aynan oʻsha jamoaga oʻtardi", — dedi Karrager.

Fikrlar