Karrasko ham Xitoyga ketmoqda

Madridning  «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Yannik Karrasko tez orada Xitoyning «Dalyan Ifan» klubiga o‘tishi kutilmoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra madridliklar 24 yoshli futbolchining transferi borasida xitoyliklarning 30 mln evrolik taklifini qabul qilgan. Endi «Dalyan Ifan» Belgiya terma jamoasi a’zosi bilan shahsiy shartnoma borasida kelishib olsa bas.

E’tiborlisi, agar Karrasko Xitoy jamoasiga o‘tsa, uning transferidan keladigan mablag‘ning 25% uning sobiq jamoasi hisoblangan “Monako”ga nasib etadi.

Eslatib o‘tamiz, Karrasko 2015 yil “Monako”dan 17 mln evro evaziga “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!