Karvaxal “Real”ning yosh futbolchisini “sindirdi”

  • 13.04.2026 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” mashgʻulotlaridan birida noxush holat yuz bergani maʼlum boʻldi. Jamoaning tajribali himoyachisi Daniel Karvaxal qoʻpol podkat tashlashi natijasida 19 yoshli Viktor Valdepenyas jiddiy jarohat olgan.

Topskills Sports UK nashri xabariga koʻra, bu voqea fevral oyida, “Osasuna”ga qarshi La Liga oʻyinidan oldin sodir boʻlgan ekan. Oʻsha bahsda “Qirollik klubi” raqibga 1:2 hisobida yutqazib qoʻygan.

Karvaxal yetkazgan jarohat oqibatida yosh futbolchi qariyb bir oy maydondan chetda qolishiga toʻgʻri keldi.

Insayderlar 34 yoshli jamoa sardorining mashgʻulotdagi podkatini “juda qoʻpol”, deb taʼriflamoqda.

Viktor Valdepenyas asosiy jamoadagi ilk va hozircha yagona oʻyinini oʻtgan yilning dekabr oyida “Alaves”ga qarshi bahsda oʻtkazgan va oʻshanda u asosiy tarkibda maydonga tushgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!