
Kasilyas Chempionlar ligasi rekordchisiga aylandi
Lissabonning “Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida “Liverpul”ga (0:0) qarshi o‘tkazilgan javob bahsida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
E’tiborlisi, 35 yoshli ispaniyalik mashhur posbonning ushbu musobaqadagi quruq uchrashuvlari soni 57taga etdi va u bu borada yaqqol rekordchiga aylanib oldi.
Bundan tashqari Kasilyas EChLda o‘yin o‘tkazish borasida ham rekordni yangiladi. U hozirgacha ushbu musobaqada 167ta bahsda (17ta “Portu”, 150ta “Real”) ishtirok etgan.
Fikrlar