Kataloniya klubi "Atletiko" hujumchisiga xaridor bo‘lmoqda

  • 19.08.2019 23:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Nikolo Kalinich yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mavsumlar oralig‘idagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida biror marta ham maydonga tushmagan xorvatiyalik futbolchiga “Espanol” qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar rahbariyati joriy yoz himoyachi Mario Ermosoni “matraschilar”ga arzonroq sotib yuborgani uchun Kalinich masalasida ularni ko‘ndirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!