
Katanets O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblari haqida gapirdi
O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogi natijalaridan keyin raqiblarimiz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi va Avstraliya, Suriya va Hindiston, Hindiston termalari bilan kuch sinashadi.
"Qur’a natijalari haqida gapiradigan bo‘lsam, bu erda barcha guruhlar daraja jihatdan bir-biriga yaqin. Ya’ni har bir guruh murakkab. Bizning guruhdagi Avstraliya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Suriya terma jamoasini ham hurmat qilaman. Ularda kuchli futbolchilar, yaxshi hujumchilar bor. Ularga qarshi o‘yinda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Hindiston terma jamoasini turnirda bor kuchini berib o‘ynashiga ishonaman. Hindistonning ba’zi uchrashuvlarini kuzatganman. Ularda bosh murabbiy vazifasini Igor Shtimats bajaradi. U juda kuchli mutaxassis va jamoani turnirga yaxshi tayyorlay oladi.
O‘ylaymanki, biz qit’a birinchiligiga tayyor holatda boramiz. Barcha futbolchilarimiz turnirga jarohatlarsiz etib borishiga umid qilaman. Yaxshi natija ko‘rsata olishimizga ishonaman", - dedi Katanets.
Fikrlar