
Katta tanaffusdan so‘ng, yana terma jamoaga qaytgan Benzema Mbappe haqida nimalar dedi?
"Real" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema hamyurti Kilian Mbappeni PSJdan Madrid klubiga o‘tishga chaqirdi.
“U “Real”da kerakli futbolchiga aylangan bo‘lardi. Kilian katta mahoratga ega, unga aqlbovar qilmaydi. Men u bilan mashq qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim. U yuqori tezlikka ega. U juda zo‘r hujumchi", - dedi Benzema.
Frantsiya terma jamoasi kecha o‘rtoqlik o‘yinida Uelsni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu kuni gollarning biriga Kilian Mbappe mualliflik qildi.
Frantsiya terma jamoasi “Evro-2020”ning “F” guruhida Germaniya, Portugaliya va Vengriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar