Katta yo‘qotishlar bor! Eron terma jamoasining Gongkong va O‘zbekistonga qarshi uchrashuvlar uchun tarkibi ma’lum

  • 2 iyun, 2024, 14:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron terma jamoasi jahon chempionati 2-saralashi doirasidagi Gongkong va O‘zbekistonga qarshi uchrashuvlari uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Amir Galenoy quyidagi futbolchilarni mazkur bellashuvlar uchun chaqiridi. 

Darvozabonlar: Alirizo Beyranvand ("Persepolis"), Payam Niazmand ("Sepaxon"), 

Himoyachilar: Shoja Halilzoda ("Al-Ahli"), Husayn Kanoni ("Persepolis"), Aref Golami ("Velej Mostar"), Amin Xazbavi ("As Sadd"), Salex Xardani ("Istiqlol"), Abufazl Jaloli ("Istiqlol"), Milad Muhammadi ("Adana Demirspor"), Muhammad Nejadmehdi ("Fulad"), Ariya Yusufi ("Sepaxon"), 

Yarim himoyachilar: Mehdi Mehdipur ("Istiqlol"), Muhammad Gorbani ("Orenburg"), Saman Gaddos ("Brentford"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Said Mehri (APOEL), Mehdi Torabi ("Persepolis"), Muhammad Husainnejad ("Sepaxon"), 

Hujumchilar: Javad Agaipur ("Istiqlol Huzestan"), Alirizo Jahonbaxsh ("Feynoord"), Mehdi Gaede ("Ittihod Kalba"), Mehdi Limouchchi ("Shardari Arak"), Allaxyar Sayyadmanesh ("Vesterlo"), Mehdi Taremi ("Portu"), Sardor Azmun ("Roma"), Shahriyar Moganlu ("Sepaxon"), Muhammad Rizo Ozodi ("Nassaji Mozandaron").

"Fors yo‘lbarslari"ning etakchi futbolchisi Ramin Rizoyan chaqirilmadi, Armin Sohrabyan "Istiqlol", Muhammad Mohebi "Rostov", Ali Golizada "Lex" va Said Izzatullohi jarohati sabab mazkur uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi. 

Galenoyi shogirdlari 6 iyun safarda Gongkong bilan, 11 iyunda esa "Ozodiy" stadionida O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!