Kavanining ishlari yurishib ketdi

  • 5 iyun, 2022, 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvaylik tajribali hujumchi Edinson Kavani o‘tgan mavsumda etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma tuzishni istamadi va o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

Tabiiyki, 35 yoshli yulduz ishsiz qolmaydi. Uni olmoqchi bo‘lgan klublar safi ko‘payib bormoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ispaniya chempionatining to‘rtta jamoasi – “Atletiko”, “Vilyarreal”, “Real Sosedad” va “Sevilya” tajribali to‘purar bilan hamkorlik o‘rnatmoqchi.

Shuningdek, Urugvayda Janubiy Amerikaga qaytib ketish varianti ham bor.

Yakunlangan mavsumda Kavani Angliya premer-ligasida 15 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!