Kazemiro: "Jinoyatchilar qattiq jazolanishi kerak"

  • 25.03.2023 14:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Manchester Yunayted"da o‘ynayotgan Kazemiro o‘z hamyurti Vinisius Juniorni haqorat qiladigan muxlislar haqida gapirdi.

"Bularning barchasi juda jiddiy. Bu haqda ko‘p gapirilgan, lekin odamlar buni qilishda davom etmoqdalar. Jinoyatchilar qattiq jazolanishi kerak. Men La Liga rahbariyatidan chora ko‘rishni so‘rayman, chunki bu Junior va umuman futbolga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda", - dedi"qizil iblislar" yarim himoyachisi.

Joriy mavsum davomida Vinisius Ispaniya chempionati klublari muxlislari tomonidan bir necha bor irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchradi.

La Liganing joriy mavsumida braziliyalik hujumchi 25 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 4 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+79151450305
25/03/2023 19:48
Иркчилар доим булган ва булади хам. Винни барибир зур