Kazemiro: Messi, Ronaldu va Neymar o‘zga dunyoning futbolchilari

  • 30 iyun, 2018, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro PSJdagi hamyurti Neymarning terma jamoadagi roli haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Futbolda shundaylar futbolchilar bo‘ladiki, ular haqida boshqalardan ko‘proq gapiriladi. Aytish mumkinki jamoamizdagi bunday futbolchi bu Neymar. Lekin unutmasligimiz lozimki, bizda boshqa yaxshi futbolchilar ham ko‘p. Masalan mustahkam himoyachilar va ishonchli darvozabon.

Neymar yoki Krishtianu Ronaldu? Har ikkala futbolchi ham o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilardir. Ushbu futbolchilar boshqa dunyodan kelishgan. Ular Messi bilan birga dunyonng top-3 futbolchilariga kirishadi. Shunday futbolchilardan biri bizning jamoamizda ekanligidan xursandmiz”, - deydi Kazemiro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!