Kazemiro: Pogba - jahon darajasidagi futbolchi

  • 11 aprel, 2019, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Kazemiro "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Tecno

“Pogba – jahon darajasidagi futbolchi. U har qanday jamoaning brendini munosib himoya qila oladi. Agar Pol “Real”ga o‘tsa, uni bu erda juda yaxshi kutib olishadi. Biroq, Pogba “Manchester Yunayted” futbolchisi ekanini unutmasligimiz lozim”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogba kecha bo‘lib o‘tgan MYu - “Barselona” o‘yinining eng yomon futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!