Kecha Armaniston etakchisiga yutqazgan "Dinamo" bugun "Lokomotiv" (Moskva) bilan o‘ynaydi

  • 15 fevral, 16:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqandning "Dinamo" klubi BAAdagi ikkinchi yig‘in doirasida dastlabki o‘yinini Armaniston chempionati etakchilaridan biri "Urartu"ga qarshi o‘tkazdi.

Sharjada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqib hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqada Mirjahon Mirahmadov Qodirqulovning pasini golga aylantirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda murabbiylar shtabi asosan yosh o‘yinchilar bilan harakat qilgan samarqandliklar darvozasiga raqiblar tomonidan yana ikki marta yo‘l topildi – 1:3.

O‘rtoqlik o‘yini. Sharja
"Dinamo" - "Urartu" - 1:3
Gollar: Mirjahon Mirahmadov 30 –   Raqib 15, 68, 80.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Jahongir O‘rozov, Oleksandr Kucherenko, Ulug‘bek Abdullaev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, Duglas Maykon, Ratino, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Anvarjon Hojimirzaev, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: E.Nemanov, S.Mustafoev, J.Jumaboev, V.Oqbo‘taev, Oybek O‘rmonjonov, M.Ibrohimov, X.Xalilov, F.Abdurahmonov, B.Nasimov.  

Vadim Abramov jamoasi bugun Dubayda Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!