Kecha "Navbahor" muxlislari 2 ta banner ko‘tarishdi. Biri "Paxtakor" klubi rahbariyatiga, ikkinchisi esa hakamlarga (Foto)
Shidddatli qarama-qarshilik ostida o‘tgan bellashuvda jamoalar darvozalarga 2 martadan gol urishdi. Natijada o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.
Bahs boshlanishidan avval "Paxtakor" klubi tomonidan tomoshabinlarga bepul iftorlik tashkil etildi. Shu bois "Navbahor" muxlislari mezbon jamoa rahbariyatiga buning uchun minnatdorchilik bildirishdi va minnatdorchilik ramzi sifatida banner ko‘tarildi.

Ikkinchi banner esa hakamlarga qaratildi. Unda shunday so‘zlar bitilgandi: "Hakamlar biz sizdan o‘yinlarni halol o‘tkazib berishingizni so‘raymiz".

Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yinni boshqarib borgan hakamlar guruhi Superliga uchrashuvlaridan chetlatildi.

Fikrlar