
Kecha Obameyang uchun tarixiy kun bo‘ldi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang kecha "Lids"ga (4:2) qarshi o‘yinda xet-trik muallifiga aylandi.
E’tiborlisi, bu gabonlik futbolchining Angliya premer-ligasida qayd etgan ilk xet-trigi bo‘ldi.
Bundan tashqari, Obameyang Evropa kuchli beshlik chempionatlarida kiritgan gollari sonini 200 taga etkazib oldi. U ushbu gollarni "Lill" (2), "Monako" (2), "Sent-Eten" (37), "Borussiya" Dortmund (98) va "Arsenal" (62) safida kiritgan.
Fikrlar