Kechagi dubl Ronaldu uchun yangi rekordni olib keldi

  • 21 iyul, 2020, 07:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Latsio"ga qarshi o‘yinda dubl muallifi bo‘ldi.

Tecno

Bu 35 yoshli futbolchi uchun Italiya chempionatidagi umumiy 50- va 51-gollar sifatida qayd qilindi va APL, La Liga va A Seriyada 50 ta va undan ortiq gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Joriy mavsumdagi gollarini 31 taga etkazib olgan portugaliyaliklak futbolchi so‘nggi to‘rt mavsumdan buyon birinchi marotaba 30 va undan ortiq gol kiritdi. So‘nggi marotaba Ronaldu 2015/16 mavsumda shunday natija qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!