
Kelasi mavsum A Seriyada 22 ta jamoa ishtirok etishi mumkinmi?
Italiya futboli rahbariyati kecha yig‘ilish o‘tkazdi. Unga ko‘ra, agar koronavirus sabab mavsum yakunlanmay qolgan taqdirda ham A va B Seriyalar o‘zaro jamoa almashishadi.
Shu tariqa avval taxmin qilingan variant, ya’ni A Seriyani hech bir klub tark etmaydi va B Seriyaning 2 ta jamoasi yuqori divizionga ko‘tariladi degan variant amalga oshmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Garchi, sport printsiplariga ko‘ra shu yo‘l nisbatan adolatlikroq bo‘lsada, u bir qator muammolarni tug‘dirishi mumkin. Masalan, A Seriyani hech bir klub tark etmasa va B Seriyadan 2 ta jamoa qo‘shilsa, u hola jamoalar soni 22 taga etadi. Bu esa chempionat o‘yinlarining hozirgi taqvimiga yana 4 ta tur qo‘shiladi deganidir.
Fikrlar