Kevin de Bryuyne kelasi mavsumni qaerda o‘tkazishini aytdi

  • 23 may, 2024, 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bugungi kunda Angliya Premer-ligasida eng kuchli tarkibga ega ekanini yana bir karra isbotlab, ketma-ket to‘rtinchi chempionligini rasmiylashtirdi.

Xosep Gvardiola shogirdlariga boshqa klublardan “ov” bo‘lyapti. Ayniqsa, Saudiya Arabistoni klublari mashhur yulduzlarni o‘z ligasiga olib ketmoqchi.

Ko‘plab klublar nishonida turgan yarim himoyachi Kevin de Bryuyne va himoyachi Kayl Uoker kelasi mavsumni qaerda boshlash bo‘yicha o‘z qarorlarini oshkor qildi.

Jurnalist Devid Makdonnellning ma’lum qilishicha, har ikki o‘yinchi “shaharliklar” safida qoladi. 33 yoshni qarshi oladigan Kevin de Bryuyne faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorni kelasi yili yozda hal qiladi.

34 yoshli Kayl Uoker ham klub bilan kelishuvi yana ikki yil davom etishini inobatga olib, ketishga shoshilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!