Kevin de Bryuyne o‘rnini “Real” futbolchisi egallaydi
“Manchester Siti”da o‘n yil to‘p tepganidan keyin Kevin de Bryuyne Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli” safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Belgiyalik pleymeykerning neapolliklar tarkibidagi debyut mavsumi juda yaxshi boshlangan edi. Ammo jamoa etakchisiga aylangan futbolchi og‘ir jarohatga yo‘liqdi. Davolanish muddati kamida to‘rt oyni tashkil qilishi bois, “Napoli” uning o‘rniga boshqa o‘yinchi oladigan bo‘ldi
Sky Sports nashrining yozishicha, “Napoli” Kevin de Bryuyne o‘rniga “Real”ning asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan Daniel Sebalosni olib kelishni rejalashtirmoqda.
29 yoshli futbolchining transferi yanvar oyida amalga oshirilishi kutilyapti. Joriy mavsumda barcha turnirlarda sakkiz marotaba maydonga tushgan yarim himoyachi Transfermarkt portali tomonidan 8 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar