Key-Liga. Iskanderov gol urgan o‘yinda jamoasi jangovar durang qayd etdi (video)

  • 21 iyun, 2021, 00:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya chempionatining qoldirilgan 14-turidan o‘rin olgan "Ulsan" hamda "Sonnam" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Tecno

"Sonnam" safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Jamshid Iskanderov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. O‘yinning 27-daqiqasida Li Gyuning pasidan so‘ng Jamshid ohista zarbasi bilan jarima maydoni tashqarisidan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, "Sonnam" K-Liga turnir jadvalida 18 ochko bilan 12 jamoa orasida 9-o‘rinda bormoqda. Iskanderov joriy mavsum 7 ta bellashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va assist mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!