
Keylor Navas PSJga o‘tishga yaqin turipti
"Real" darvozaboni Keylor Navas jamoadan ketishi mumkin.
32 yoshli darvozabon PSJ klubiga o‘tishga yaqin turipti. Madridliklar kostarikalik darvozabonning ketish xohishi qabul qilgan va uning o‘rniga boshqa posbon qidirishmoqda.
Darvozabon Parij klubining talablariga javob beradi. PSJ o‘tgan mavsum oxirida Navas bilan kelishuvga erishdi, ammo "Real" 20 million evro talab qilib, kelishuvga to‘sqinlik qildi. Natijada transfer amalga oshmadi.
Hozir vaziyat o‘zgardi, Navas jamoadan ketish istagini rahbariyatga ma’lum qildi. Amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer haqida to‘liq ma’lumot berilmayapti.
Fikrlar