Harri Keyn "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn APL qaytish ehtimoli juda kamligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish imkoni bo‘lsa, u buni amalga oshirishga tayyor.
Albatta, “Bavariya” bilan shartnomamni uzaytirishim mumkin. Bu haqda hali klub bilan gaplashmadim, ammo imkoniyat bo‘lsa, rahbariyat bilan suhbatga tayyorman. Hammasi kelgusi yil qanday o‘tishiga va birgalikda nimalarga erishishimizga bog‘liq. Biz hozir ajoyib holatdamiz va men boshqa hech narsani o‘ylayotganim yo‘q.
Premer-ligaga qaytish haqida aniq ayta olmayman. Agar “Bavariya”ga yangi kelgan paytimda so‘rasangiz, qaytib ketishimni aytgan bo‘lardim. Endi esa bu istak biroz so‘ndi. Men hozir barcha e’tiborimni “Bavariya”ga qaratganman. Agar shartnomani uzaytirish haqida gap bo‘lsa, ko‘ramiz. Lekin menda hali bu mavsum va keyingi mavsum bor. Bu mening faoliyatimning so‘nggi yili emas, shuning uchun vahima qilishning hojati yo‘q.
Men xotirjamman, bosh murabbiy Vinsent Kompanӣ menga ishonmoqda. Biz yaxshilangan sari, men ham yaxshilanayotganimdan va sovrinlarni yutayotganimizdan xursandmanE, — dedi futbolchi.

Fikrlar