
Keyn "Tottenxem"da qoladimi?
“Tottenxem” to‘purari Harri Keyn anchadan beri klubdan ketib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tishni istayapti.
“Tottenxem”ga chempion murabbiy – Antonio Kontening bosh murabbiy etib tayinlangani hujumchining ketish haqidagi fikrini o‘zgartishi mumkin.
Harri Keynning klub bilan hamkorligi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Yozda 28 yoshli hujumchiga “Manchester Siti” xaridor bo‘lgandi. Biroq, “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi Keynni hech qanday narxga sotmasligini bildirib, takliflarni rad etdi.
Keyn jamoa rahbariyati transferga ko‘nmagani uchun bir necha kun mashg‘ulotlarga kelmay, noroziligini bildirdi.
Fikrlar