Keza "Liverpul"ni tark etishi mumkin

  • 25 oktabr, 2024, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik vinger Federiko Keza qishki transfer oynasida “Liverpul”ni tark etishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati futbolchini ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, Keza yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. 27 yoshli futbolchi xizmatlariga "Inter", "Roma" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda. Federiko Italiyaga qaytish orqali muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin. U hozirda "Liverpul"da o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.

Keza joriy mavsum "Liverpul" safida atigi uchta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Federikoning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!