Kilian Mbappe "Yuventus"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

  • 1 iyul, 14:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv arafasida madridliklar uchun muhim yangilik ma’lum qilindi — hujumchi Kilian Mbappe safga qaytishi mumkin.

Tecno

Frantsuz futbolchisi guruh bosqichini to‘liq o‘tkazib yuborgandi. Bunga gastroenterit tashxisi sabab bo‘lgan.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Mbappe holati haqida quyidagicha fikr bildirdi:

"Hozir Kilianning ahvoli yaxshi. Biz har kuni u bilan muloqotdamiz. Yana bir bor suhbatlashib, so‘nggi qarorni qabul qilamiz. Uning maydonga tushishi ehtimoli juda yuqori. Qancha daqiqa o‘ynashi mumkinligini aniq ayta olmayman, lekin uning debyuti uchun yaxshi imkoniyat bor" — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis Mbappening maydonga tushishi haqida. 
 
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!