Kim g‘olib bo‘ladi, Saul Alvares yoki Terens Krouford?
Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirn meksikalik Saul “Kanelo” Alvares va amerikalik Terens Krouford o‘rtasidagi jang uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
“Men Krouford g‘alaba qozonishini ko‘proq kutyapman. Albatta, "Kanelo" jangda favorit bo‘ladi, biroq Terens yutib ketsa, men hech ham ajablanmasdim, — dedi Xirn "The Ring" jurnaliga.
Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv 13 sentyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi.
Fikrlar