Kim olsa, olaversin! “Manchester Siti” Enzo Fernandezdan yuz oʻgirdi
Taniqli insayder Fabrizio Romano “Manchester Siti” mutasaddilari “Chelsi” yetakchisi Enzo Fernandez bilan muzokaralar olib borilayotganini haqidagi xabarlarni rad etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Real” bilan ehtimoliy kelishuv amalga oshmaganidan keyin ham “Manchester Siti” rahbariyati argentinalik yarim himoyachi bilan hech qanday muzokara o‘tkazmayapti.
Romano ta’kidlashicha, Fernandezning kelajagi jahon chempionati yakunlangandan keyin muhokama qilinadi.
25 yoshli futbolchi 2023 yilda “Benfika”dan “Chelsi”ga 121 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2032 yilgacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda Fernandez 54 o‘yinda 15 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar