
Kingsli Koman faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy kimligini aytdi
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Kingsli Koman faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy kimligini aytdi.
“Faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy deb Gvardiolani aytgan bo‘lardim. Chunki, uning qo‘l ostida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladim. Men kabi hujumni yaxshi ko‘radigan vingerlar uchun u eng yaxshi murabbiy. Boisi, u mana shunday futbolchilardan boshqalarga qaraganda ko‘proq narsa talab qiladi.
U mendan statistika uchun o‘ynashni so‘ramas edi. Gvardiola to‘pni olish bilan markazga yuugurish haqida ko‘rsatma berardi. Men uni judayam qadrlayman”, - deydi Koman.
Fikrlar