
KK-2017. Final bahsini stadiondan tomosha qilgan muxlislarning 8,2 foizi Germaniya va Chilidan keldi
Xabaringiz bor, kecha Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Konfederatsiyalar kubogi musobaqasining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Germaniya terma jamoasi Chili ustidan 0:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.
oneFactor kompaniyasining ma’lum qilishicha, final uchrashuvini tomosha qilish uchun “Sankt-Peterburg Arena"ga 57 268 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Shularning 90 foizi mahalliy muxlislar hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 8,2 foiz muxlis bevosita finalda ishtirok etgan Germaniya hamda Chili davlatidan tashrif buyurishgan.
Ushbu ko‘rsatgich turnirning 3-o‘rni uchun kechgan bahsda biroz pastroq. Aniqrog‘i, Portugaliya – Meksika o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rish uchun stadionga tashrif buyurgan 95 foiz muxlisning bor yo‘g‘i 4,8 foizi ishtirokchi davlatlardan kelishgan.
Fikrlar