
Kladio Bravo ikki sobiq klubini o‘zaro taqqosladi
Chili milliy terma jamoasi va "Real Betis" klubi futbolchisi Klaudio Bravo ikki sobiq klubi - "Manchester Siti" va "Barselona"ni o‘zaro taqqosladi:
"Barselona" menimcha shunchaki kichik bir klub. "Manchester Siti" esa ulkan bir loyiha. "Shaxarliklar"ning ichki resurslari darajasi cheksiz. Oddiygina echinish-kiyinish xonasidagi sharoitlar, malakali shifokorlar va o‘z ishining eng yaxshi mutaxassislari- bularning bari aynan "Manchester Siti"da jam bo‘lgan. "Afsuski, "Barselona" haqida unday deya olmayman", -deb fikrlarini yakunladi chililik posbon.
Fikrlar