Klichko va Joshua jangi “Uembli” yoki “Kardiff”da bo‘ladi
Vladimir Klichkoning (64-4, 53 KO) menejeri Bernd Bente super og‘ir vazn toifasining IBF kamari sohibi Entoni Joshuaga (17-0, 17 KO) qarshi jang muammolari haqida gapirib o‘tdi.
– Bizda yana bir nechta hal etilmagan kichik muammolar bor. Bularni muammo ham deb bo‘lmaydi, ammo barchasi hal qilinadi. Vladimir Manchester borib, Joshuaning navbatdagi g‘alabasini ko‘rmoqchi. Muzokaralarni “Uembli”da o‘tkazdik va barchasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Ammo biz Joshua Erik Molinani mag‘lub qilmaguncha shartnoma imzolay olmaymiz. Biroq “B” rejamiz ham bor. Bu Kardiffdagi stadion. Albatta, “Uembli” – birinchi tanlov.
Klichko 10 dekabr kuni Joshua – Molina jangiga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Shunlan so‘ng “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham ko‘rishni istamoqda.
Klichko va Joshua o‘rtasida super og‘ir vazn toifasidagi WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun jang kelasi yil boshida o‘tkazilishi kerak.

Fikrlar