Klopp 22 yoshli futbolchining o‘yinidan hayratda qolgan va uni transfer qilishni rahbariyatdan so‘ragan

  • 9 iyun, 2022, 11:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi "Benfika" hujumchisi Darvin Nunes uchun 100 million evro taklif qildi, deya xabar berdi “Record”.

Tecno

Manbada yozilishicha, Yurgen Klopp 22 yoshli urugvaylik futbolchining o‘yinidan hayratda qolgan va uni tarkibga qo‘shib olishni rahbariyatdan iltimos qilgan.

Qayd etilishicha, hujumchi allaqachon Portugaliya klubiga “Liverpul”ga o‘tishni istayotganini aytgan.

Nunes o‘tgan mavsumda "Benfika" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 4 assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Avvalroq, “Liverpul” Nunesni o‘z safiga qo‘shib olish uchun rekord darajadagi mablag‘ sarflashga tayyor ekanligi aytilgandi. Himoyachi Virjil van Deyk "Sautgempton"dan 87 million evro evaziga xarid qilingan va bu klubning eng katta xaridi xisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!