Klopp bir futbolchiga ishqiboz bo‘lib qoldi
“Sampdoriya” sharafini himoya qilayotgan daniyalik yarim himoyachi Mikkel Damsgorning xaridorlari tobora ko‘paytb bormoqda.
Xususan, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham yosh futbolchining muxlisiga aylandi. Germaniyalik mutaxassis Damsgorni Anliyaga taklif qilmoqchi.
Damsgor yozgi transferlar vaqtidayoq, bir necha manfaatli takliflar olganiga qaramay, A Seriyada qolishni ma’qul topdi. Kelasi yozda uning bozori yanada qiziydi.
“Liverpul” Damsgor uchun “Sampdoriya”ga 20 million evro taklif qilishni rejalantirmoqda. Daniyalik o‘yinchining o‘zi ham faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishni orzu qilayotganini yashirmayapti.



Fikrlar