Klopp birinchi marta Manening "Liverpul"dan ketishi haqida gapirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp sobiq shogirdi Sadio Manening "Bavariya"ga o‘tib ketgani haqida gapirib o‘tdi.
"Sadio haqida nima deyishim mumkin? U ajoyib futbolchi, jahon darajasidagi sportchi. Biz uni "to‘qqizlik" (yaqqol hujumchi) sifatida sinab ko‘rdik. Mane juda yaxshi o‘ynadi.
Uning agenti menga takliflar bo‘layotganini aytdi. Bunday muzokaralarni qabul qilish biz uchun doim qiyin.
Men Sadio uchun xursandman. Sababi, u o‘zi xohlagan jamoaga o‘tdi. Mane bizdan, biz esa undan to‘la minnatdormiz. Hammasi uchun rahmat, oshna!", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar