Klopp Diogu Jota qachon safga qaytishini aytdi

  • 14 dekabr, 2020, 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa hujumchisi Diogu Jota qachon safga qaytishini aytdi.

Tecno

“Hammasi biz o‘ylaganimizdan yomonroq ko‘ringan edi, ammo keyinchalik o‘ylaganimizdan yaxshiroq bo‘lib chiqdi. Unga operatsiya talab qilinmaydi, shunga qaramasdan u 1,5 oydan 2 oygacha bo‘lgan vaqtni o‘tkazib yuboradi”, - dedi germaniyalik mutaxassis klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Jota joriy mavsum “Liverpul” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 9 ta gol urdi. Mersisaydliklar uni sentyabrda “Vulverxempton”dan 44,7 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!