Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

  • 1 oktabr, 2024, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya futbol assotsiatsiyasi sport direktori Rudi Fyoller taniqli nemis mutaxassisi Yurgen Kloppni Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ko‘rish istagi haqida gapirgan edi. Kloppning o‘zi ushbu savolga quyidagicha javob berdi.

Tecno

“Germaniya terma jamoasida ishlash? Barchamiz umid qilamizki, Yulian Nagelsmann bu lavozimda JCh-2026 yakunlanganidan keyin ham ishlashda davom etadi”, - dedi Klopp Germaniya Federativ Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimidagi nutqida.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2023/2024 yilgi mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etganidan keyin hozircha murabbiylikka qaytmadi. U ma’lum muddat murabbiylik faoliyatida tanaffus qilish istagini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!