Klopp hammani aldamoqchi bo‘ldi

  • 11 yanvar, 2022, 15:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘tgan hafta klub o‘yinchilari va xodimlarida koronavirus yuqtirish keskin ko‘paygani haqidagi ma’lumot yolg‘onligini tan oldi.

Tecno

Klub ushbu xabarlardan keyin Kerbidagi mashg‘ulot bazasini 48 soatga yopgan va Futbol ligasidan Liga kubogi yarim finalining “Arsenal”ga qarshi dastlabki uchrashuvini qoldirishni so‘ragan.

Biroq, mazkur holatni tasdiqlash uchun o‘tkazilgan takroriy test natijalari jamoada faqatgina Trent Aleksander-Arnoldda virus borligini ko‘rsatgan.

- Shunday bo‘lib qoldi. Biz hammamiz koronavirus pandemiyasiga duch keldik, deb o‘ylagandik. Aslida natijalar tasdiqlanmadi. Bu qoidalarni biz o‘ylab topmaganmiz. Shubhali test natijalari bilan ham o‘ynash mumkin emas. Oxirida faqat Trent kasallangani, qolganlarning test natijalari boshida shubhali chiqqani ma’lum bo‘ldi. Qiyin haftani o‘tkazdik, chunki futbolchilar mashg‘ulot o‘tkazmadi, - dedi Yurgen Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!