Klopp: "Liverpul" APL chempionligi uchun kurashdan chiqdi

  • 10 oktabr, 2022, 10:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi bu mavsum chempionlik uchun kurasha olmasligini aytdi.

Tecno

“Biz chempionlik uchun kurashda emasmiz. Hozir bizda muammolar bor. Ammo bugun chempionat peshqadamiga qarshi yaxshi o‘ynadik. "Liverpul" qiyin davrni boshdan kechirmoqda, biroq biz buni birgalikda engib o‘tishimiz kerak. Hozirda butun jamoa bilan muammoni echish ustida ishlayapmiz", - dedi Klopp.

9 oktyabr kuni mersisaydliklar APLning 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Arsenal”ga (2:3) imkoniyatni boy berdi. "Liverpul" 8 turdan keyin 10 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Arsenal” 9 uchrashuvda 24 ochko jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!