Klopp “Liverpul”ni kuchaytiradigan ikki futbolchi topdi

  • 3 iyul, 2021, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp PSJga o‘tib ketgan Jorjino Veynaldum o‘rnini bosadigan futbolchi qidirayotgan edi.

Jamoa mutasaddilari bu o‘ringa ikki yarim himoyachi nomzodini ilgari surmoqda.

Shulardan biri Rayan Gravenbarx “Ayaks”dagi ishonchli o‘yinlari bilan grand klublar e’tiboriga tushdi. Bu futbolchi o‘yin uslubi jihatidan Pol Pogbani eslatib yuboradi.

Ikkinchi nomzod Iv Bissuma esa ingliz futboliga begona emas. U “Brayton” tarkibida Angliya premer-ligasida etarlicha tajriba to‘plagan.

Ayni paytda “Liverpul” rahbariyati bu ikki o‘yinchi bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!