
Klopp “Liverpul”ni tozalay boshladi. Ketadi futbolchi nomi ma’lum
Joriy mavsumda chempionlik unvonini munosib himoya qila olmagan “Liverpul”da tozalash ishlari amalga oshiriladi. Yurgen Klopp ishonchni oqlamagan futbolchilarni tarkibdan chiqarib tashlaydi.
Birinchilardan bo‘lib ketadiganlar ro‘yxatiga Angliya terma jamoasiga nomzod yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen ham kiritildi.
Aleks “Liverpul”ga “Arsenal”dan olib kelinganida zo‘r o‘ynadi va 2017-2018 yilgi Chempionlar ligasining qahramonlaridan biri bo‘ldi. Biroq, keyinchalik og‘ir jarohat olgan yarim himoyachi avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi.
Klub rahbariyati Aleks Oksleyd-Chemberlenning jamoaga yordami tegmayotganini inobatga olib, yozda uni transferga qo‘yishga qaror qildi. Aniq ketadiganlar qatorida Jerdan Shakiri va Divok Origi ham bor.
Fikrlar