
Klopp "Liverpul"ning "Manchester Siti"ga qarshi chempionlik poygasi bo‘yicha o‘z rejasini ma’lum qildi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp chempionlik uchun "Manchester Siti"ga qarshi raqobat haqida fikr bildirdi.
"Bizning rejamiz - "Manchester Siti"ni iloji boricha bezovta qilish. O‘z o‘yinlarimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. Bizning ambitsiyamiz juda yuqori. Biz "Siti" qanchalik kuchli ekanini hurmat qilamiz. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Premer-ligada har bir o‘yin qiyin. Biz imkon boricha g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
“Liverpul” hozirda APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklar “Manchester Siti”dan 4 ochko ortda qolmoqda, ammo ular bitta o‘yin kam o‘tkazishgan. Ertaga, 16 mart kuni “Liverpul” safarda “Arsenal” bilan o‘ynaydi.
Fikrlar