
Klopp "Liverpul"ning yangi murabbiyi haqida o‘z fikrini bildirdi
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp hozirda klubni boshqarayotgan niderlandiyalik mutaxassis Arne Slotning faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Men "Liverpul"ning "Sevilya" bilan o‘rtoqlik o‘yinini (4:1) kuzatdim. Jamoa yaxshi o‘ynadi. Premer-liga doirasidagi "Ipsvich"ga qarshi o‘yin (0:2) ham yuqori saviyada o‘tdi. Asosiysi Slot haqiqatan ham yuqori saviyali va jamoani birlashtira olish qobiliyatiga ega murabbiy. U jamoaga yangi g‘oyalarni olib kelgan ko‘rinadi. Bu esa murabbiy haqida aytish mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa, - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi "ESPN" nashri.
Ma’lumot uchun, Klopp 2015 yildan 2024 yilning yoziga qadar mersisaydliklar bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Fikrlar