Klopp: Mag‘lubiyatni tan olish juda qiyin
“Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Manchester Siti”ga qarshi (1:2) kechgan APL 21-tur bellashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Juda, juda katta bosim ostidagi o‘yin. Har ikki tomon uchun qiyin bo‘ldi. “Manchester Siti” darvoza to‘sinini poyladi – gol urdi, biz ham darvoza ustunini poyladik – deyarli. Shunaqasi ham bo‘lib turadi.
Mag‘lubiyatni tan olish juda qiyin, ammo bu normal holat. Bizda vaziyatlar bo‘ldi. Har ikki jamoa o‘yinda qolish uchun telbalarcha harakat qilishi kerak edi. Yigitlarim o‘yini menga ma’qul. Har ikkala jamoa yaxshiroq futbol ko‘rsatishi mumkin edi, biroq bu taktik o‘yin.
Biz mag‘lubiyatga uchradik va bu yaxshi emas. Ammo mavsumdagi eng qiyin bellashuvni o‘tkazdik”, – deya o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” 54 ochko bilan APL turnir jadvalida hamon peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” 50 ochko bilan 2-pog‘onada joylashdi.



Fikrlar