Klopp "Manchester Siti"ning chempionligi borasida o‘z fikrini bildirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ni APL g‘olibligi bilan tabrikladi.
“Ajoyib yutuq, tabriklayman. Kecha oqshom Ilkay Gundogan va Pepga xabar yozdim. Butun dunyo uchun eng og‘ir o‘tgan yilda "Siti"ning erishgan g‘alabasi juda ajoyib.
Moliyaviy manbalar va futbol bo‘yicha bilimlar etarli bo‘lsa, muvaffaqiyatga erishish uchun katta imkoniyat bo‘ladi”, - dedi germaniyalik futbolchi.
Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganda 2-o‘rindagi “Manchester Yunayted”dan 10 ochkoga ilgarilab ketdi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar