
Klopp: "Mane 39 yoshgacha futbol o‘ynay oladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Sadio Manening "Bavariya"ga o‘tishi borasida fikr bildirdi.
"U yana juda ko‘p mavsumlar o‘tkazadi. Mane 38-39 yoshgacha bemalol futbol o‘ynay oladi. Sababi, u aqlbovar qilmaydigan tanaga ega.
"Bavariya"da ajoyib futbolchi bor. U biz uchun 6 yil o‘ynadi. Mazkur transferni kelajakda o‘rnak qilib ko‘rsataman.
Ba’zida munosabatlar o‘zgaradi. Sadio jamoasini o‘zgartirishni istadi. Biz undan maksimal foydalandik. Uni sog‘inamiz, ammo men xotirjamman", - dedi Klopp.
Ma’lumot o‘rnida, senegallik futbolchi yaqinda 32 million evro evaziga Myunxen klubiga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar