Klopp Maneni tabrikladi!

  • 19 sentabr, 2021, 16:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchisi Sadio Maneni mersisaydliklar safida urgan 100-goli bilan tabrikladi.

Tecno

"Mane "Liverpul"ning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi. Ko‘pchilik uning natijalarini unutadi, lekin Sadio hujumda va himoyada ko‘p mehnat qiladi. 100 ta goldan boshqa muhim narsalar ham bor. Shunday bo‘lsa-da, shogirdim bu natijaga erishganidan xursand bo‘ldim. Adashmasam, klub tarixida bunday futbolchilar 18 ta edi. Ayni damda yulduzlar bitta klubda ko‘p vaqt qolmayapti. Men Sadio bilan 5 yildan buyon ishlayotganimdan mamnunman", - dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, senegallik vinger kecha "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda o‘zining yubiley golini urishga ertshdi.



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!